DXX raisi Suriya va Iroqdan terrorchilarning qaytishi tahdidi haqida gapirdi
Suriya va Iroq hududida jang qilgan jangarilar o‘z terrorchilik faoliyatini davom ettirish uchun vatanlariga qaytmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Toshkentda MDHning xavfsizlik va maxsus xizmat organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya va Iroqdagi muvaffaqiyatli aksilterror kampaniyasi fonida xalqaro terrorchilik tashkilotlarining boshqa «qaynoq» nuqtalarga, shu jumladan, Afg‘onistonga ko‘chishi qayd etilmoqda.
«Xalqaro terrorizm jangarilari terrorchilik faoliyatini davom ettirish uchun doimiy yashash joylariga qaytishga harakat qilmoqdalar», - dedi Azizov.
DXX raisining bildirishicha, bunda mehnat migratsiyasining ham o‘z o‘rni bor.
«Mehnat migratsiyasi omili mamlakatlarimiz fuqarolarining diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari ta'siriga tushib qolishlariga sharoit yaratmoqda», - dedi DXX rahbari.
MDH maxsus xizmatlarining rahbarlari yig‘ilish davomida xalqaro terrorizm, giyohvand moddalar kontrabandasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlash, MDHda millatlararo va diniy adovat qo‘zg‘atilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Bundan tashqari, uchrashuv qatnashchilari Afg‘onistondagi vaziyatning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikka ta'siri nuqtai nazaridan muhokama qildilar.
Mavzuga oid
11:27 / 14.09.2024
Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
09:20 / 13.09.2024
O‘zbekiston DXX va Turkiya milliy razvedkasi rahbarlari muzokara o‘tkazdi
13:43 / 10.09.2024
Toshkentda 2 nafar advokat va yurist qo‘lga olindi
19:02 / 09.09.2024