Jamiyat | 12:37 / 07.11.2019
7861
1 daqiqa o‘qiladi
Poytaxtda «Do‘stlik» shohbekati qayta ishga tushdi
Toshkent shahridagi «Do‘stlik metrosi» avtoshohbekati faoliyati qayta tiklandi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, hozirda avtoshohbekatda so‘nggi jihozlash ishlari amalga oshirilib, yakuniga yetkazilmoqda. Mazkur shohbekat orqali 15, 22, 49, 54-sonli yo‘nalish avtobuslari harakatlanadi.
Shu bilan birga, mazkur shohbekatda 10, 28, 72, 148-sonli avtobus yo‘nalishlari ham yo‘nalish nozimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.