Senator Svetlana Ortiqovaning vakolati muddati tugatildi. U endi bosh prokuror o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Svetlana Boymirzayevna Ortiqovaning vakolati muddatidan avval tugatildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati ma'lum qildi.
Prezidentning yana bir farmoniga asosan Svetlana Ortiqova O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Svetlana Ortiqova 1962 yili Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1987 yili hozirgi Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos, 1993 yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan.
U 2010-2014 yillari Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan, shuningdek, 2010 yildan 2015 yilgacha Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Svetlana Ortiqova Senatda 2015 yildan buyon Senat raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024