O‘zbekiston | 11:45 / 08.11.2019
8156
2 daqiqa o‘qiladi

IIV rasmiysi: «O‘zbekistonda qo‘shfuqarolikni qonuniylashtirish masalasi kun tartibida emas»

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda qo‘shfuqarolikni qonuniylashtirish masalasi ko‘tarilayotgani yo‘q. Bu haqda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, polkovnik Shohrux G‘iyosov 7 noyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Tadbirda O‘zbekistonda nega qo‘shfuqarolikka ruxsat berilmasligi bo‘yicha savol berildi.

«Menimcha, bu masala ko‘tarilayotgani yo‘q. Qo‘shfuqarolik O‘zbekistonda qonun bilan taqiqlangan. Bu xalqaro tajriba, juda ko‘plab davlatlarda ikki fuqarolik qonunan taqiqlangan. O‘zbekistonda qo‘shfuqarolikka ruxsat berilmasligining ko‘plab sabablari bor. Asosiy sababi qaysidir davlat o‘zining manfaatlarini boshqa bir mamlakatda lobbilashtirishiga yo‘l qo‘yilmasligidir», deya Shohrux G‘iyosovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq «Buyuk Kelajak» eksperti O‘zbekistonda ikki fuqarolik joriy etishni taklif qilgan, «Yuksalish» umummiliy harakati bunga munosabat bildirib, O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot bosqichida qo‘shfuqarolik dolzarb masala emas degan edi.

Mavzuga oid