O‘zbekiston | 14:20 / 09.11.2019
130607
1 daqiqa o‘qiladi
DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari Toshkent xalqaro aeroportida bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi
Toshkent xalqaro aeroportida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan o‘tkazish vaqtida bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.
DXX Chegara qo‘shinlari xabariga ko‘ra, ular taqdim etgan Malayziya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi ma'lum bo‘ldi. Tegishli organ vakillari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, bu shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Bundan oldin, Eron fuqarolari Italiya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga uringani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:00
Tuman O‘zbekistondagi uchta aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi
10:33 / 02.01.2025
Ukraina dronlari hujumi chog‘ida RFning beshta aeroporti yopildi
10:10 / 27.12.2024
Zomin aeroporti 27 dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi
18:24 / 25.12.2024