Jahon | 20:15 / 10.11.2019
9334
1 daqiqa o‘qiladi

Eronning neft zaxirasi miqdori yangi kon tufayli uchdan bir qismga oshdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eron janubida yangi neft koni ochilganini e'lon qildi.

“Men Oq uyni shundan xabardor qilamanki, siz Eron nefti eksportiga sanksiyalar kiritayotgan bir paytda, mamlakatimiz ishchilari va muhandislari 53 mlrd barrel neft zaxirasiga ega bo‘lgan yangi konni topdilar”, deb ma'lum qilgan Ruhoniy. 

Eron prezidentining aytishicha, yangi kon Huziston viloyatida 24 ming kvadrat metr maydonda joylashgan.

Ta'kidlanishicha, yangi kon ochilgandan so‘ng Eronning neft zaxirasi 30 foizdan ko‘proqqa ko‘paygan. Endilikda Eron taxminan 150 mlrd barrel neft zaxirasiga ega.

Mavzuga oid