Farg‘ona viloyati: voyaga yetmagan ikki qiz gazdan zaharlanib vafot etdi
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida voyaga yetmagan ikki qiz gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
2019 yil 11 noyabr kuni soat 06:30larda Rishton tumani, “Zarariq” mahallasida yashagan voyaga yetmagan opa-singillar yashash xonadonidagi hammomga yuvinish maqsadida kirishgan vaqtida hammomni isitish uchun qo‘lbola usulda yasalgan pechga ulangan tabiiy gaz o‘chib qolishi natijasida tabiiy gazdan zaharlanib, hodisa joyida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin, O‘zbekistonda yana 10 kishi is gazidan zaharlangani, ikki fuqaro vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
09:39 / 24.10.2024