2018 yilda mehnat migrantlari O‘zbekistonga 5 mlrd dollardan ko‘proq pul jo‘natishdi
O‘zbekistonlik mehnat migrantlari 2018 yilda O‘zbekistonga 5 mlrd dollardan ko‘proq pul jo‘natishdi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov ma'lum qildi.
Muhiddinovning ta'kidlashicha, hozirda O‘zbekistonning 2,6 mln fuqarosi xorijda bo‘lib, ular hisobiga 2018 yilda 5,1 mlrd dollar olingan. O‘zbekistonda ishga joylashish iltimosi bilan murojaat qiladigan fuqarolar yiliga 700 ming kishini tashkil qiladi.
Respublikaning mehnatga layoqatli aholisining 80 foizdan ko‘prog‘i xususiy va nodavlat sektorlarida ishlaydi. Shuningdek, 2020 yilda ishsizlik nafaqasi miqdorini 2 martadan ko‘proqqa oshirish va oyiga 644 ming so‘mgacha yetkazish rejalashtirilgan. Hozirda ushbu nafaqa miqdori 223 ming so‘mni tashkil qiladi.
“Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 25 million odamni qamrab olsak, ular orasidagi ishsiz odamlar soni 1, 3 mlnni tashkil qiladi. Ishsizlarning aksariyati Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yashaydi”, deb ma'lum qilgan Muhiddinov.
Mutaxassis 25 mln kishi deganda, ko‘rinishicha, mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolarni nazarda tutgan, chunki hozirda O‘zbekistonning umumiy aholisi 33,7 mln kishini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024