Ishsizlik eng yuqori bo‘lgan viloyatlar ochiqlandi
O‘zbekistonda 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlikning eng yuqori darajasi Surxondaryo viloyatida kuzatilgan (9,3 foiz). Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy axborotida aytiladi.
Qayd etilishicha, ishsizlik darajasi Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida 9,2 foizni tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida (7,5 foiz) kuzatildi.
Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,3 mln kishini tashkil etgan. 16-29 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi 14,9 foizni, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi 12,5 foizni ko‘rsatgan.
Bundan oldin, O‘zbekistonda 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlik darajasi 8,9 foizni tashkil etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
22:02 / 11.09.2024
Germaniyadagi yirik kompaniyalardan birining 15 mingga yaqin xodimi ishsiz qolishi mumkin
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024