Jamiyat | 13:10 / 18.11.2019
5399
4 daqiqa o‘qiladi

Cisco Security Games yoki qish yaqin, biroq biz bilan Cisco!

13 noyabr Cisco kompaniyasi CA Distribution kompaniyasi bilan birgalikda, Toshkentdagi Cisco Security Day tadbirida davlat va xususiy sektorning yirik IT-integratorlar vakillarini yig‘dilar.

Kiber jinoyatchilar har kuni o‘zlarining xakerlik ko‘nikmalarini yaxshilaydilar, zaifliklarni qidiradilar va hatto eng xavfsiz tizimlarni yo‘q qilish uchun yangi zararli dasturlarni ishlab chiqmoqdalar. Cisco MDH vakillari Cisco Security Games nomli tadbirni o‘tkazdilar va unda kiber-tahdidlar sohasidagi yangi tendensiyalar, zamonaviy raqamli texnologiyalardan iloji boricha xavfsiz va samarali foydalanish, Cisco haqidagi afsonalarni yo‘q qilish va ularning yechimlarining to‘g‘ri integratsiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar bilan bo‘lishdilar.

Tadbirni O‘zbekistondagi mijozlar bilan ishlash bo‘yicha mintaqaviy menejyer Nargiza Qo‘shaqova ochib berdi va bugungi kunda barcha dasturlar, ma'lumotlar va foydalanuvchilar bulutli tizimga o‘tishda, kiberxavfsizlikning muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Tadbir davomida CA Distribution kompaniyasining direktori Mixail Tsiplakov tomonidan ham chiqish qilindi, u tadbirga bo‘lgan qiziqish uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarga doim talabgir bo‘lib bir to‘lqinda qolishlari uchun ushbu sohadagi bilimlarni doimiy ravishda «to‘ldirib» turish muhimligini ta'kidladi.

Bir qator taqdimotlarni Cisco kiberxavfsizlik mutaxassisi Meyram Buratayev ochib berdi, xususan u sun'iy intellekt bilan birgalikda ishlaydigan xavfsizlikning yangi texnologiyalarini taqdim etdi. Hisobotda yil sayin tobora ko‘proq korporativ trafik tarmoq perimetri bo‘ylab o‘tib ketayotganiga va natijada kiberxavfsizlikning yangi darajasi to‘g‘risida o‘ylash kerakligiga e'tibor qaratdi.

Mavzuning davomida, Cisco xavfsizlik tizimlari bo‘yicha muhandis Pavel Rodionov xavfsizlikni monitoring qilish va tahlil qilish bo‘yicha bir nechta yechimlarni taqdim etdi va barchaga tavsif berdi: Stealthwatch Enterprise real vaqt rejimida bulutli tizimni, butun tarmoqni, filiallarni, ma'lumotlar markazini va so‘nggi qurilmalarni qamrab oladigan monitoringni amalga oshirish imkonini beradi. Tarmoqda nima sodir bo‘layotgani haqida ko‘proq foydali ma'lumot olishingiz mumkin; Umbrella – bu ko‘peshelonli va samarali himoyaga erishishning eng oson va tezkor usuli, bu shtab-kvartiralarga, filiallarga va IoT qurilmalariga keladigan zararli dasturlar oqimining oldini oladigan bulutli kompleksdir; va Cisco bulutli tizimida o‘rnatilgan Cisco Threat Response integratsiya platformasi, siz turli xil axborot xavfsizligi mahsulotlaridan va AT infratuzilmasidagi boshqa manbalardan yig‘ilgan ma'lumotlardan foydalangan holda aniqlash, tekshirish, tahlil qilish va tahdidlarga javob berishi mumkin.

Uchrashuvda taqdim etilgan har uch prezentatsiya qiziqish uyg‘otdi va kiberxavfsizlik strategiyasi va kompaniyaning jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish bilan bog‘liq bir qator savol-javoblar bilan samarali munozaraga sabab bo‘ldi.

Foydali kontent va  foydali netvorking tadbirning qiziqarli mavzulari bilan uyg‘unlashdi va shu o‘rinda yoqimli esdalik sovg‘alari va sovrinlar ulashildi.

Qish yaqin, biroq biz bilan Cisco!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid