UzAuto Motors avtomobillar uchun yangi ranglar palitrasini taqdim etdi
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglar qo‘llay boshlaganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, yangi ranglar avtomobillarning barcha modellari joriy qilingan bo‘lib, ularga shartnoma tuzish hozirdan boshlangan.
Modellar qatoriga yangi GYM (yorqin kulrang) va GUM (to‘q rangli firuza) ranglari kiritildi. Yangi ranglar avval ishlab chiqarilgan GJT (yashil) hamda GQM (to‘q ko‘k) ranglarning o‘rniga joriy qilinmoqda.
“Avtomobillarning yangi ranglari bilan siz o‘zingizning betakrorligingizni namoyon etish imkoningiz bo‘ladi”, - deyiladi kompaniya xabarida.
2019 yilning iyul oyida o‘tkazilgan press-tur doirasida avtomobillarga yangi ranglar joriy qilinishi xabar berilgandi. Yangi ranglar mijozlarning buyurtmasi asosida ishlab chiqariladi va 2019 yil oxirida yetkazib berila boshlanadi. Maxsus ranglardagi avtomobillarga dilerlar tomonidan buyurtmalar qabul qilinishi boshlangan.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
19:06 / 28.07.2023