BAA prezidentining ukasi vafot etdi
18 noyabrda BAA prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol-Nahayon ukasi - Shayx Sulton bin Zoid Ol-Nahayon (chapda) ning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi.
Shu munosabat bilan BAAda uch kunlik motam e'lon qilingan, shu kunlar mamlakatdagi barcha bayroqlar tushirib qo‘yiladi.
Shuningdek, BAA amirliklari hukmdorlari o‘z ta'ziyalarini bildirganlar.
Shayx Sulton bin Zoid Ol-Nahayon 1955 yilda tug‘ilgan. U Angliyadagi Millfild maktabida ta'lim olgan va Sandxerst qirollik harbiy akademiyasi bitiruvchisi bo‘lgan.
Shayx Zoidning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan Shayx Sulton o‘z vaqtida bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan, so‘ngra prezident vakili lavozimini egallagan va bu lavozimda umrining so‘nggi kunlarigacha qolgan.
Mavzuga oid
11:24 / 29.08.2024
OAV: BAA banklari Xitoy elektronikasi uchun Rossiyadan to‘lovlarni bloklamoqda
12:06 / 06.08.2024
BAA va Fransiya yetakchilari Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qildi
21:38 / 24.04.2024
BAA suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun qariyb 550 mln dollar sarflaydi
22:51 / 16.04.2024