Jamiyat | 10:35 / 20.11.2019
33252
1 daqiqa o‘qiladi
Jizzaxdagi IIB binosida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Jizzaxda 7 nafar ishchi is gazidan zaharlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
2019 yil 19 noyabr kuni Jizzax viloyati, Zomin tumani IIB 10-sonli bo‘linmasi binosida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 nafar yollanma ishchi is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etishgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi.
Mavzuga oid
16:36 / 20.12.2024
Qarshida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlangan - ekspertiza
16:25 / 20.12.2024
Chorvoqda bir oilaning uch a’zosi gazdan zaharlanib vafot etdi
17:32 / 19.12.2024
Qarshidagi fojianing gaz yoki is gazi bilan bog‘liqligi ehtimoldan yiroq - “Hududgazta’minot”
12:07 / 19.12.2024