«IIB xodimi hech qanday sababsiz fuqarodan pasportini so‘ramaydi» – IIV rasmiysi
IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O‘ktam Rahmatov ichki ishlar organi xodimi jamoat joyida qaysi hollarda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini tekshirishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.
«Fuqaroda jinoyat sodir etgan gumondor shaxsga o‘xshash alomatlar bo‘lsa, xatti-harakati orqali axloq doirasidan chiqqan holatda, jamoat tartibini buzganda patrul-post xizmati xodimi fuqarodan pasportni so‘rashga haqli.
Xodimlarimiz hech qanday sababsiz fuqarodan pasportini so‘ramaydi. Shubha uyg‘onishiga asos bo‘lgandagina ushbu harakat amalga oshiriladi.
Masalan, oq ko‘ylakda bo‘lgan gumondor shaxs qidiruvga berilgan bo‘lsa, bu haqida xodimlarimizga xabar kelib tushadi, ular shunaqa kiyimdagi fuqarolarga e'tiborliroq bo‘ladi. Gumondor shaxsning yana qo‘shimcha belgilari fuqaroda aniqlanadigan bo‘lsa, xodimimiz xizmat yuzasidan pasportni tekshirishi mumkin. Qolgan hech bir holat pasportni tekshirishga asos bo‘lolmaydi», – dedi Rahmatov 21 noyabr kuni matbuot anjumanida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ichki ishlar organi xodimi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni fuqarodan so‘rash huquqiga ega. «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunning 17-moddasida bu aniq belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
18:21 / 13.08.2024
“Shoh asar” - Kanadaning yangi pasporti dizayni haqida
08:35 / 20.07.2024