3 yilda respublika shaharlarida 1007ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar bunyod etildi
Prezidentning “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganiga 3 yil bo‘ldi.
Aholini, shu jumladan, yosh oilalarni, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarni va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalarini arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash yo‘li bilan ularning turmush darajasini yanada yaxshilash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida 2016 yil 22 noyabrda ushbu qaror qabul qilindi. Ortda qolgan 3 yil davomida qanday amaliy ishlar bajarildi?
2017 yil 13 yanvarda “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasiga asos solindi. Kompaniyaga qurilish ishlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish uchun buyurtmachi vazifasi yuklatildi. 2017 yilgi davlat dasturi bo‘yicha 191 ta ko‘p qavatli uylarni qurish belgilab berildi. Dastur ijrosi o‘z vaqtida bajarildi. Birinchi yil bunyod etilgan uylarning pardozlash ishlarida kichik kamchiliklar kuzatildi. Ammo, O‘zbekiston tarixida bunday katta hajmdagi qurilish ishlari ilk marotaba amalga oshirilayotgani hisobga olinsa, buni qo‘pol xato deyish noo‘rin.
Kompaniya zimmasiga belgilab berilgan yillik dasturdan birorta obektda qurilish ishlari yakunlanmasdan qolmadi. Hammasi o‘z vaqtida topshirildi. 2018 yilgi dastur bo‘yicha 355 ta ko‘p qavatli uylar qurish vazifasi yuklatildi. Davlat rahbarining viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish yuzasidan qilgan tashriflari chog‘ida dasturga qo‘shimcha ravishda uy-joylar qurish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Natijada yil oxiriga kelib, jami 413 ta ko‘p qavatli uylar o‘z egalariga topshirildi.
Joriy yilda esa dastur bo‘yicha 403 ta ko‘p qavatli arzon uylar bunyod etildi. 2019 yildan boshlab, 16 qavatli turar-joylar qurilishi ham o‘zlashtirildi. Poytaxtning Sergeli tumanida 1 ta hamda Andijon shahrida 2 ta ana shunday uylar qurilishida so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
“O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniya tomonidan 3 yil davomida 1007 ta arzon uy-joylar qurilib, 42 266 ta baxtli oila o‘z uyiga ega bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, bugun aholining uy-joyga bo‘lgan talabi to‘laqonli qondirilgani yo‘q. Hali necha minglab uy-joyga muhtojlar arizasi bo‘yicha o‘z navbati kelishini kutmoqda. Hali qurilishlar davom etadi va aholining bu boradagi muammolari bartaraf etiladi.
Mavzuga oid
20:11 / 15.11.2020
500dan ortiq arzon uy-joylarga fotoelektr tizimini o‘rnatish huquqi tendersiz berib yuborilgani aniqlandi
15:49 / 02.03.2020
DXMlarda beriladigan subsidiyalar arzon uy-joylarga taalluqli emas – DXA
18:17 / 30.11.2019
Senator: «Qurilish bilan shug‘ullanadigan pudrat tashkilotlarining aniq reyestri to‘liq shakllanmagan»
12:11 / 17.09.2019