Tesla o‘q o‘tmaydigan elektropikapini namoyish etdi
Amerikaning Tesla kompaniyasi o‘zining Cybertruck deb nomlangan o‘q o‘tmaydigan elektr pikapini namoyish etdi.
Avtomobil korpusi zanglamaydigan mustahkam po‘latdan tayyorlangan, mashina oynalari zirhlangan. Taqdimotda Tesla rahbari Ilon Mask pikapning mustahkamligini namoyish etishni so‘radi — mashina kuvolda zarbasiga dosh berdi.
Avtomobil uchta versiyada — bir, ikki va uchta motor bilan chiqariladi. Akkumulyator quvvati mos ravishda 400, 500 va 800 kilometr masofaga yetadi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, pikap 2,9 soniya ichida tezligini soatiga 96,6 kilometrga yetkazishi mumkin. Eng arzon model 39,9 ming, o‘rta model 49,9 ming va yuqori model 69,9 ming dollar turadi.
Cybertruck pikapini ishlab chiqarish 2021 yil oxiridan boshlanadi.
Mavzuga oid
23:19 / 10.09.2024
Yevropa Ittifoqi Tesla va Xitoyda ishlab chiqarilgan elektomobillar uchun bojlarni kamaytiradi
21:51 / 05.09.2024
Tesla 2025 yilda Xitoy va Yevropa bozorlariga «avtopilot» tizimini olib kirmoqchi
13:31 / 23.08.2024
Tesla zavodi tufayli Berlin yaqinida 500 000 daraxt kesildi
23:08 / 22.08.2024