Urugvayda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
24 noyabrda Urugvayda prezident saylovlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatning 2,7 mlnga yaqin fuqarosi «Keng front» koalitsiyasi vakili Daniel Martines va Milliy partiya a'zosi Luis Lakale Podan birini tanlashlariga to‘g‘ri keladi. 27 oktyabrda o‘tgan 1-bosqichda aynan shu ikki nomzod g‘alaba qozongandi, Martinesga 38 foiz ovoz, Poga 28 foiz ovoz berilgan.
Oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, Martinesga 43 foiz, Poga esa 51 foiz saylovchilar ovoz berishga tayyor. Yana 6 foiz saylovchilar barchaga qarshi ovoz bermoqchiliklarini aytishgan.
Amaldagi prezident Tabare Vaskes o‘z lavozimini tark etadi.
Urugvayda prezident 5 yilga, o‘z vakolatlari tugagandan keyin 5 yildan oldin takroran saylanmaslik huquqi bilan saylanadi.
2-bosqichda g‘alaba qozonish uchun ko‘pchilik ovoz yetarlilik qiladi. Prezident davlat rahbari va bosh qo‘mondon hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:32 / 14.09.2024
Urugvayning yangi elchisi TIVda akkreditatsiyadan o‘tdi
12:37 / 07.07.2024
Braziliya Kopa Amerikani tark etdi
15:47 / 29.11.2022
Serbiya va Urugvay guruhda qoladimi? Pley-offga chiqish uchun kimga qanday natija kerak?
15:21 / 29.01.2022