«Nukus» EIZ chegaralari belgilandi
Ular Vazirlar Mahkamasining uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan 22.11.2019 yildagi 941-son qarorida ko‘rsatilgan, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, «Nukus» EIZ - «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasini qayta tashkil etish natijasi. Uning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari, shuningdek faoliyat ko‘rsatish muddatlari, soliq va bojxona rejimlarining xususiyatlari prezidentning 2019 yil 4 sentyabrdagi PF-5809-son farmonida keltirilgan.
Qabul qilingan hujjat to‘qqizta yer uchastkasidan iborat «Nukus» EIZning chegaralarini belgiladi.
Shuningdek, EIZ direksiyasining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi. U ikkita bo‘lim (EIZ infratuzilmasini rivojlantirish hamda xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish), buxgalter va yuriskonsultdan iborat. Boshqaruv xodimlarining umumiy soni – 7 nafar. Direksiya ustav fondining miqdori 1 mlrd so‘mni (ilgari – 300 mln) tashkil etadi. Direksiyaning muassisi – Vazirlar Mahkamasi.
Hujjat 22.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:33 / 08.09.2024
Diametri 40,5 metr, balandligi 22 metr: Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan o‘tovdan reportaj
14:27 / 27.08.2024
Xorijdagi qoraqalpoq diasporalari vakillari Nukusda yig‘ildi - foto
07:33 / 27.08.2024
Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qo‘zg‘atdi
07:30 / 21.08.2024