Dubay shahzodasi jahon rekordi o‘rnatdi
Dubay valiahd shahzodasi Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum boshchiligidagi Skydive Dubai parashyutchilar guruhi BAA tashkil topganining 48 yilligi munosabati bilan Ginness rekordini o‘rnatdi.
Gap shundaki, shahzoda boshchiligidagi parashyutchilar Dubayning The Palm Jumeirah sun'iy oroli ustida havoda 144 kvadrat metrlik milliy bayroqni ochishgan. Ushbu voqea 18 noyabrda kameralarga muhrlangan bo‘lsa-da, valiahd shahzoda uning videosini Instagram’da keyinroq joyladi.
Video milliondan ko‘proq namoyish yig‘ishga ulgurgan. Unga “Milliy g‘ururning yana bir lahzasi va yangi jahon rekordi: 144,28 kvadrat metrlik bayrog‘imiz BAA Milliy kuni sharafiga Dubay uzra hilpiramoqda”, deb izoh qoldirilgan. Video ko‘plab maqtovli izohlar va layklar yig‘gan.
Mavzuga oid
13:50 / 13.09.2024
Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi
10:33 / 08.09.2024
Diametri 40,5 metr, balandligi 22 metr: Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan o‘tovdan reportaj
19:31 / 07.09.2024
Dubayda dunyodagi ikkinchi eng baland osmono‘par bino qurilmoqda
11:47 / 29.08.2024