Jamiyat | 19:50 / 04.12.2019
3483
2 daqiqa o‘qiladi

Sifati kafolatlanmagan 778 million so‘mlik dori va tibbiyot vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda Sergeli tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida fuqaro X.Z.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirildi. 

Tekshiruv davomida mazkur xonadonda saqlanayotgan, fuqaro R.O.ga tegishli bo‘lgan “Neksiya 3” rusumli avtoulovning ichki qoplamalari orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 177,2 million so‘mlik 726 dona dori vositalari yashirilganligi fosh qilindi.

Shundan so‘ng ushbu xonadondagi yana bir avtomashina – fuqaro Q.F.ga tegishli “Lasetti” ham ko‘zdan kechirildi va avtomobil salon ichki qoplamalari orasida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 510 million so‘mlik 3400 dona dori vositalari yashirilganligi aniqlandi.

Tadbir davomida,umumiy qiymati 687 mln 230 ming so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. 

Shuningdek, Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.N.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada mazkur xonadonda tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 90,3 million so‘mlik dori vositalari va tibbiyot anjomlari noqonuniy saqlayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid