Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni to‘xtatdi
Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni to‘xtatdi. Bu sovuq ob-havoning boshlanishi va respublikaning ichki ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida qilindi, deb yozmoqda«AP» Tojikiston hukumatidagi manbalarga asoslangan holda.
Manba so‘zlariga ko‘ra, bundan avval erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, Dushanbe Toshkentga elektr energiyasini faqat apreldan oktyabrgacha, Tojikistonning ichki ehtiyojlari to‘liq ta'minlangandan so‘ng eksport qiladi.
Joriy yilning aprel-sentabr oylarida Tojikiston O‘zbekistonga qariyb 1,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qildi.
Sentabr oyidan boshlab, elektr energiyasini qo‘shni davlatga eksport qilish ichki ehtiyojlarni ta'minlash maqsadida kamaytirilgan.
Noyabr oyining o‘rtalarida Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni butunlay to‘xtatdi. Endi u kelgusi yilning aprel oyi boshida qayta tiklanadi.
Bundan oldin, Turkmanistondan O‘zbekistonga kuniga o‘rtacha 15 mln kVt⋅s elektr energiyasi import qilinayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
23:12 / 12.12.2024
Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
18:33 / 03.12.2024