Andijon viloyati hokimi MMA jangchilariga «Spark» sovg‘a qildi
Andijonda “Besh tashabbus bilan kelajak sari” shiori ostida o‘tgan tadbirda g‘olib sportchilar taqdirlandi.
Shahardagi olimpiya zaxiralari maktab-internati sport majmuida "Besh tashabbus bilan kelajak sari" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram dasturida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan o‘quvchi va talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘nggi yillarda respublika va jahon maydonlarida sovrinli o‘rinlarni egallab kelayotgan andijonlik yuzga yaqin sportchilar va ularning ota-onalariga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning sovg‘alari topshirildi.
Viloyat hokimi Toshkentda ilk bor tashkil etilgan MMA (aralash jang) bo‘yicha GFC 20 turnirida g‘alaba qozongan Nursulton Ro‘ziboyev, Avliyoxon Hamidov va Ahliddin Mirzadavlatovlarga “Spark” avtomobillari kalitini topshirdi.
Bundan tashqari, viloyat hokimi Nursulton Ro‘ziboyevga sport anjomlari uchun yuz million so‘mlik sertifikat sovg‘a qilindi.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024