Sport | 08:00 / 08.12.2019
20180
2 daqiqa o‘qiladi

Joshua Ruisdan chempionlik kamarlarini qaytarib oldi

Foto: Nick Pots/PA via AP

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua amerikalik Endi Ruisga qarshi jangda avval unga boy bergan 3 ta chempionlik kamarini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod yaqinidagi Ad-Diriyoda o‘tgan boks jangi Joshuaning ochkolar bo‘yicha g‘alabasi bilan yakunlandi.

3 hakamdan barchasi g‘alabani britaniyalik bokschiga bergan: 118:110, 119:109, 118:110.

Joshua o‘ta og‘ir vazndagi WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlarini qaytarib oldi. Ushbu jang ikki bokschi o‘rtasidagi ikkinchi jang bo‘lib, iyunda o‘tgan birinchi jangda Ruis 7-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi. 

Britaniyalik bokschi ilk chempionlik kamarini 2016 yilda qo‘lga kiritib, shundan keyin IBF kamarini 6 marta, WBA kamarini 3 marta va WBO kamarini bir marta himoyalay olgan. 

Endilikda 30 yoshli Joshuaning hisobida 23 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat, uning tengquri Ruisda esa 33 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor.

Ayni vaqtda o‘ta og‘ir vazn toifasidagi 4 ta eng nufuzli versiyadan biri - WBC’dagi chempionlik kamariga amerikalik Deontey Uaylder egalik qilmoqda.

Mavzuga oid