O‘zbekiston | 16:42 / 09.12.2019
4953
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Xitoy: harbiy matbuot hamkorligi istiqbollari o‘rganildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i podpolkovnik Bahrom Zulfiqorov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qaytdi. 

Bundan asosiy maqsad dunyoning rivojlangan davlatidagi harbiy matbuot faoliyatini o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish bo‘ldi.

Safar davomida delegatsiya a'zolari Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi xalqaro harbiy hamkorlik kanselyariyasi boshlig‘i general-mayor Tsy Govey, mudofaa vazirining matbuot kotibi – vazirlik axborot departamenti boshlig‘i katta polkovnik U Tsyan bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi. 

8R6dm5xG_X4cylAdd9HqLj95GikzKdpS.jpg (1280×853)

Xitoy Mudofaa vazirligida o‘tgan tadbirlar davomida ikki mamlakat mudofaa idoralari orasidagi harbiy hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, axborot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning o‘ziga xos, o‘xshash va farqli jihatlari, media mahsulotlarini tayyorlash jarayonlari haqida fikr almashindi. Shuningdek, axborot departamentlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga oid istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi harbiy matbuoti faoliyati bilan yaxshiroq tanishish maqsadida Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi ommavmiy axborot vositalari markazining teleradioeshittirishlar bo‘limida bo‘ldi. Mehmonlarga markazning texnik imkoniyatlari namoyish etildi.  

Dunyoning mashhur va boy tarixiga ega nashrlardan biri “Jenmin jibao” gazetasidir. O‘zbekistonlik harbiylar Xitoy Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining nashri hisoblanuvchi ushbu gazeta tahririyatiga ham taklif etildi. Tahririyatning siyosat bo‘limi boshlig‘i va harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashgan muxbirlar bilan suhbatda materiallarni bosma va elektron ko‘rinishdagi gazetaga chop etish jarayonlari haqidagi ma'lumotlar yetkazildi. 

Xitoy xalq universitetining jurnalistika fakultetiga tashrif esa harbiy matbuot sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.  

To‘lqin JUMANAZAROV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar departamenti

Mavzuga oid