O‘zbekiston | 13:15 / 11.12.2019
67342
1 daqiqa o‘qiladi

Saidbek Azimov: «Qora ro‘yxat» umuman yo‘q qilindi. Har bir shaxs o‘zining e'tiqod huquqiga ega»

Foto: Xalqaro press-klub

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klub sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar muhokama qilinyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakillik (Ombudsman) kotibiyati vakili Saidbek Azimovning aytishicha, mamlakatda «Qora ro‘yxat» umuman yo‘q qilingan.

«Bizda «Qora ro‘yxat» umuman yo‘q qilindi. Har bir shaxs o‘zining e'tiqod huquqiga ega», - dedi u.

O‘z navbatida, adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov fuqarolarning O‘zbekiston doirasida harakatlanishi bilan bog‘liq taqiqlar olib tashlanganini eslatib o‘tdi.

Bundan oldin, Ombudsman kotibiyati vakili oldin axloq tuzatish koloniyalarida yuzaki nazorat olib borilganini aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid