Sport | 16:56 / 12.12.2019
6458
1 daqiqa o‘qiladi

Dzyudo. «Masters» turnirida ikkita bronza medali qo‘lga kiritildi

Foto: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi

Xitoyning Tsindao shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli «Masters» turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik dzyudochilar ikkita bronza medaliga ega chiqishdi. 

Erkaklar o‘rtasida -60 kg vaznda Sharofiddin Lutfullayev bronza medali uchun bellashuvda qozog‘istonlik Gusman Qirg‘izboyevni mag‘lubiyatga uchratdi va ilk medalni taqdim etdi. 

Sharofiddin Lutfullayev bungacha Xitoy, Braziliya va Rossiya vakillarini mag‘lub etgan, yarim finalda esa jahon reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan yaponiyalik Ryuju Nagayamaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Ikkinchi bronza medali ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorovaga nasib etdi. U rossiyalik raqibasi Nataliya Kuziutinadan ippon bahosi bilan ustun kelgan.

Shuningdek, ikkala dzyudochi ham bronza medali bilan birga 900 reyting ochkosini ham ishlab oldi.

Mavzuga oid