2019 yilda 85ta qonun qabul qilindi, lekin ularning hammasi hali qog‘ozda – Senat raisi
O‘zbekistonda jamiyat uchun kerakli qonunlar qabul qilinayotganiga qaramay, bu qonunlar ijrosi bo‘yicha mexanizmlar aniq emas, deb hisoblaydi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.
«2015 yilda parlament tomonidan 20ta, 2019 yilda 85ta qonun qabul qilindi. Qonunlarni qabul qilaveramiz, lekin ularning hammasi hali qog‘ozda. Ularni amaliyotga tatbiq qilishning mexanizmlari hali aniq emas.
Davlat organlari ijrosi talab etilayotgan qonunni eng quyi bo‘g‘ingacha tushirish bo‘yicha kerakli choralarni ko‘rishi lozim. Bizda bu narsa yo‘q. Qonunlarni quyiga tushirish, ularning ijrosi bo‘yicha davlat idoralari rahbarlarining mas'uliyati yetarli darajada emas», ─ dedi Norboyeva 13 dekabr kuni OAV vakillari va blogerlar bilan bo‘lgan uchrashuvda.
Senat raisi qonunlar targ‘ibotida ham oqsashlar bo‘layotganini tanqid qildi.
«Davlat organi o‘zi ishlab chiqqan qonunning targ‘ibotidan, u haqida aholini xabardor qilishdan manfaatdor bo‘lishi kerak. Lekin bunday manfaat ularda mutlaqo yo‘q. Bironta vazirlikni ko‘rmaganmanki, o‘z faoliyatidagi qonunni targ‘ibot qilgan bo‘lsa...
Bu ishni Senat qilish kerak edi. Lekin shu kunga qadar buni yaxshi bajarmadi. Senatorlar hududlardan saylanadi, shuning uchun ular o‘z hududida qonunlar ijrosi uchun mas'ul bo‘lishi kerak. Ammo bu ish hali bo‘lmayotganiga guvohmiz.
Yangi chaqiriqda jam bo‘ladigan senatorlarning oldida turgan asosiy vazifa ─ hududlarda qonunlarning ijrosini ta'minlash. Hozirda vakolati tugayotgan senatorlar ham keyinchalik faol fuqarolik pozitsiyasini saqlagan holda bu borada tashabbuslar ko‘rsatishi lozim», ─ deya ta'kidladi Senat raisi.
- Tanzila Norboyeva: «Inson huquqlarining ta'minlanishi muhim, lekin bu birdaniga bo‘ladigan ish emas»
Mavzuga oid
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
16:12 / 22.11.2024