Jahon | 02:29 / 13.12.2019
13552
2 daqiqa o‘qiladi

Marshal Haftar Liviya poytaxti uchun hal qiluvchi jang boshlanganini e'lon qildi  

Foto: TASS

Liviya milliy armiyasiga qo‘mondonlik qiluvchi marshal Halifa Haftar poytaxt Tripoli uchun hal qiluvchi jang boshlanganini e'lon qildi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi.    

Haftarning ta'kidlashicha, armiya poytaxtni ozod qilish uchun uning markaziga yo‘nalmoqda. Marshal Liviya milliy armiyasiga qarshi jang qilayotgan jangarilarni xavfsizlik kafolati evaziga uylarida qolishga chaqirgan. 

Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Kazzofiy 2011 yilda o‘ldirilgandan keyin mamlakat deyarli bir davlat sifatida faoliyat yuritmay qo‘ydi.

Mamlakatda ikki hokimlik amal qilib, sharqda xalq tomonidan saylagan parlament, g‘arbda - Tripolida BMT va Yevropa Ittifoqi yordamida shakllangan, Fayoz Sarroj boshchiligidagi Milliy kelishuv hukumati harakat qiladi. 

Sharqdagi hokimiyat Tripolidan mustaqil ravishda harakat qilib, Liviya milliy armiyasi bilan hamkorlik qiladi. Marshal Haftar kuchlari apreldan beri Tripoli uchun janglarni davom ettirmoqda. 

Mavzuga oid