Gurlan tumanida noqonuniy ov qilgan fuqaro jazolandi
Xorazm viloyatining Gurlan tumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reydda noqonuniy ov qilib yurgan fuqaro aniqlandi.
1979 yilda tug‘ilgan Q.X. «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 32-moddasi talablariga rioya qilmasdan, ov qurolidan foydalanib, taqiqlangan muddatda, taqiqlangan hududda ov qilish maqsadida yurgani, ov qurolini stvolida o‘qni joylashtirib qo‘yib, g‘ilofdan chiqarib, yelkasida osib olgani aniqlanib, holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Ma'muriy ishlar bo‘yicha Gurlan tumani sudining qaroriga asosan, fuqaro Q.X. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 4-qismi bilan aybli deb topilib, 446 ming so‘m jarimaga tortildi. Shuningdek, ashyoviy dalil - 1 dona IJ 18 YoM rusumli, 12 kalibrli, 1 stvolli ov quroli davlat egaligiga o‘tkazildi.
Kun.Uz muxbiri Nurmuhammad Said
Mavzuga oid
13:51 / 26.09.2024
Xorazmda ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
16:06 / 08.08.2024
Xorazm viloyatining ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
15:35 / 14.08.2023
Onasi xorijda vafot etgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
10:38 / 25.10.2022