Jahon | 09:50 / 15.12.2019
24059
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti harbiylar uchun sport mashg‘uloti o‘tkazdi (video) 

Foto: Videodan kadr

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxoboddagi Olimpiya shaharchasidagi sport majmuasida kuch tuzilmalari rahbarlari uchun sport mashg‘uloti o‘tkazdi. Bu haqda “Oltin asr” axborot agentligi xabar berdi. 

Sport majmuasida Berdimuhamedov bouling zaliga tashrif buyurib, mashg‘ulotlar zalida harbiylarga bir qator mashqlar bajarilishini ko‘rsatib berdi.

Ma'lum qilinishicha, mashg‘ulotlarda milliy xavfsizlik vaziri, ichki ishlar vaziri, bosh prokuror, bojxona xizmati rahbari va boshqa amaldorlar qatnashgan.

“Asosiy maqsadimiz xalq salomatligini asrash va mustahamlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hisoblanadi”, deb aytgan Turkmaniston prezidenti. Uning ta'kidlashicha, respublikada ommaviy jismoniy tarbiya va sport hamda Olimpiya harakatini rivojlantirishga katta sarmoyalar ajratilmoqda.  

Ta'kidlab o‘tish kerak, Ashxobodda 2020 yilda sambo, 2021 yilda esa velotrek bo‘yicha jahon chempionatlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid