O‘zbekiston | 15:10 / 17.12.2019
40320
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Bugun, 17 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay'atining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy hay'at a'zolari, Diniy idora rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, taniqli imom-xatiblar ishtirok etdi.

Majlisda yakuniga yetib borayotgan 2019 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Masjidlar, diniy ta'lim muassasalari, ziyoratgohlar va tizimdagi boshqa tashkilotlar faoliyatining yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek, 2019 yilda masjidlar faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tuzilmasida yangi joriy etilgan raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Homidjon Bahromovich Ishmatbekov nomzodi bir ovozdan ma'qullandi.

Homidjon Ishmatbekov 1970 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent islom instituti, Madina islom universitetida tahsil olgan. Faoliyati davomida "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri, Toshkent shahar "Muhammad Nosir hoji" masjidi imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri lavozimlarida xizmat qilgan, deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid