O‘zbekiston | 16:50 / 20.12.2019
80707
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda zilzila kuzatildi, Termizda yer silkinishi kuchi 4 ballni tashkil etdi
O‘zbekistonning barcha shaharlarida soat 16:40 atrofida yer silkinishlari sezildi.
Bugun, 20 dekabr kuni Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, yer qimirlashi Toshkent shahridan 524 kilometr janubda, soat 16:39da yuz bergan.
Zilzila magnitudasi 6,5, chuqurligi 202 kilometrni tashkil etgan.
Yer osti silkinishlari kuchi Surxondaryoda 4 ball, Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiyda 3 ball, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda 2 ballni tashkil etgan.
Mavzuga oid
07:30 / 17.10.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
18:44 / 16.10.2024
Turkiya sharqida yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
07:30 / 09.09.2024