«Hududiy elektr tarmoqlari» ko‘rik evaziga majburiy to‘lov undiruvchilar haqida ogohlantirdi
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ aholi xonadonlariga kirib, elektr jihozlari va hisoblagichlarni tekshirganlik evaziga majburiy to‘lov undirib yurganlar haqida ogohlantirdi.
«So‘nggi paytlarda respublikamizning turli hududlarida aholi xonadonlariga kirib «Biz elektr tarmoqlari korxonasidanmiz, xonadoningizdagi elektr jihozlarini tekshirgani keldik», deya elektr hisoblagich va boshqa elektr jihozlariga birrov qarab qo‘yib, majburiy to‘lov undirib yurgan holatlar ko‘plab uchramoqda.
Bu korxonalar aslida mahallalarda yurib, aholiga o‘z xizmatini taklif etishi, xonadon egalari rozi bo‘lsa so‘ng o‘sha xonadondagi elektr jihozlar va hisoblagichlarni ko‘rikdan o‘tkazishi, nosoz o‘rnatilganini sozlab berishi, so‘ng bajargan ishiga xizmat haqi olish vakolatiga ega.
Elektr energiyasi iste'molchilari uchun eslatma sifatida shuni ta'kidlar edikki, bunday yakka tadbirkorlik sub'yektlari hamda xususiy korxonalarning «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy korxonalariga aloqasi yo‘q va ular bilan hech qanday shartnomaga ega emas.
Xabaringiz borki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan elektr energiyani yakuniy iste'molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibiga elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, shuningdek, mazkur obektlarning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshiruvchi 14ta hududiy elektr tarmoqlaridan iboratdir. Hududiy elektr tarmoqlarining o‘z navbatida har bir tuman va shaharda elektr tarmoqlari korxonalari faoliyat yuritmoqda. Korxona xodimlari o‘z xizmat guvohnomalari va tegishli xizmat kiyimlariga ega.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ barcha elektr energiya iste'molchilaridan xonadongizga tashrif buyurib, o‘zini elektr energiyasi korxonasi xodimi deb tanishtirgan shaxslardan xizmat guvohnomasini talab qilib tekshirgan holda muomilaga kirishishni so‘raydi.
Kelgusida bu kabi holatlar uchragan taqdirda, iste'molchilardan «Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning 1154 qisqa raqami yoki «Hududiy elektr tarmoqlari bilan muloqot» telegram-kanaliga murojaat qilishlarini so‘raymiz», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
18:47 / 31.07.2024