Jamiyat | 12:07 / 24.12.2019
29367
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan qasddan odam o‘ldirish jinoyati haqida ma'lumot berdi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 20 dekabr kuni soat 01:30larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida fuqaro V.K. (1978 y.t., sudlangan) birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik iste'mol qilib, o‘zaro janjallashib, jahl qilgan holda ayolning voyaga yetmagan farzandini uyning 4-qavatidan tashlab yuborgan. 

Oqibatda voyaga yetmagan qiz (2015 y.t.) vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 23 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

V.K. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid