Jahon | 22:02 / 25.12.2019
60932
1 daqiqa o‘qiladi

Sooronbay Jeenbekov ikkinchi prezidentlik muddatidan bosh tortdi

2017 yil noyabrdan beri Qirg‘iziston prezidenti bo‘lib kelayotgan Sooronbay Jeenbekov ikkinchi prezidentlik muddatiga bormasligini ma'lum qildi. 

Jeenbekov bu haqda 2019 yil yakunlari bo‘yicha bergan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlardan biri Qirg‘iziston prezidentiga barcha islohotlarni amalga oshirish uchun bitta muddat yetmasligi mumkinligini aytgan.

“Yo‘q, kerak emas. Ikkinchi muddat kerakmas”, deb aytgan bunga javoban Jeenbekov va boshqa savollarga o‘tishga chaqirgan.

Qirg‘iziston prezidenti 6 yillik muddatga bir marta saylanadi.    

Ta'kidlanishicha, Qirg‘izistonda keyingi prezident saylovlari 2023 yilda bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid