Sport | 15:57 / 26.12.2019
15392
1 daqiqa o‘qiladi
«Paxtakor» Anzur Ismoilovning transferini e'lon qildi
O‘tgan mavsum O‘zbekistonga qaytib «Lokomotiv» bilan chempionatda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Anzur Ismoilov jamoasini o‘zgartirdi. Amaldagi mamlakat chempioni «Paxtakor» himoyachini o‘z safiga qo‘shib olganini e'lon qildi.
Professional faoliyatini Samarqandning «Dinamo» jamoasida boshlagan Anzur Ismoilov 2003-09 yillar davomida «Paxtakor»da o‘ynagan. Keyinchalik himoyachi Toshkentning yana bir jamoasi «Bunyodkor» safida ham bir yil o‘ynashga ulgurgan.
2011-18 yillar davomida ayni damda Samvel Babayan boshqarayotgan Xitoyning «Chanchun Yatay» klubida to‘p tepgan Ismoilov joriy yil sentabr oyida milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
22:55 / 11.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkazildi
19:04 / 01.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkaziladi
12:13 / 17.06.2024
Superliga. Alijonov qaytgan markaziy o‘yinda kuchlar teng keldi - fotojamlanma
13:39 / 30.05.2024