Jahon | 20:18 / 26.12.2019
24915
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning yangi tarixida ilk bor xorij fuqarosi qatl qilindi

Yaponiya adliya vaziri Takashi Yamashita / Foto: AFP

Yaponiyaning yangi tarixida ilk marta xorij fuqarosiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi. Bu haqda mamlakat adliya vaziriga tayanib yapon matbuoti xabar berdi.

Xabar qilinishicha, to‘rt kishilik oilani o‘ldirishda ayblangan Xitoy fuqarosi qatl etilgan.

Jinoyat 2003 yilda uch kishi tomonidan sodir etilgan. Ularning ikki nafari Xitoyga qochib ketishga ulgurgan, ammo o‘sha yerda qo‘lga olingan. Ulardan biri 2005 yilda qatl etilgan, ikkinchisi esa umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

Yaponiyada o‘lim hukmi dorga osish orqali ijro etiladi.

Mavzuga oid