O‘zbekiston | 13:16 / 28.12.2019
6272
5 daqiqa o‘qiladi

Qanday qilib noshirlik faoliyati uchun litsenziya olish mumkin?

Foto: Depositphotos

Noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

 Norma’ning yozishicha, noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmati yuridik va jismoniy shaxslarga faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

 Ma'muriy reglamentga muvofiq davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi

 Lisenziya olish:

davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ hujjatlar to‘plamlari va boshqa hujjatlarni nashr etishda;

korxonalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan va qo‘lyozma huquqlari bilan ommaviy ravishda tarqatish yoki ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishda;

mazkur ommaviy axborot vositalari tahririyatlari tomonidan bosma ommaviy axborot vositalarini nashr etishda talab qilinmaydi.

Noshirlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar cheklanmagan muddatga beriladi.

 Quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

noshirlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga va texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlar talablariga majburiy rioya etish;

urushni targ‘ib qilish, davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirish, mamlakatda xavfsizlikni va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzish, O‘zbekiston to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlarni tarqatish hamda uning tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarini buzib ko‘rsatish uchun foydalanish maqsadida matbaa mahsulotlarini nashr etish va tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik;

noshirlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va texnika vositalarining mavjudligi;

litsenziyada ko‘rsatilgan ixtisos bo‘yicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

noshirlik-matbaa sifatining qonunchilikda belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligini ta'minlash;

mualliflik huquqiga rioya qilish;

litsenziya da'vogari tomonidan tayyorlangan matbaa mahsulotlarining (shu jumladan, mazkur mahsulot tarkibiga kirgan asarlarning) nusxalari, tayyorlangan nusxalar soni, shuningdek litsenziya da'vogari yoxud buyurtmachining nashr etishga huquqini (litsenziya da'vogari tomonidan mualliflik huquqlariga rioya qilinishi) tasdiqlovchi hujjatlar hisobining yuritilishi;

litsenziya da'vogari tomonidan noshirlik faoliyatining yong‘in xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena normalari, mehnatni (ishlab chiqarishni) muhofaza qilish talablariga javob beradigan bino va xonalarda amalga oshirilishi;

yuridik shaxs shtatida tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumotga va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan kamida bir nafar xodimning mavjudligi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun 2 baravar bazaviy hisoblash miqdorida yig‘im undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90%i undiriladi.

 Tushgan yig‘imlarning summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Lisenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya da'vogarining litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnomasi ko‘rib chiqilganligi uchun nazarda tutilgan summaning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

 Lisenziya da'vogari xabarnomani olgan kundan boshlab 3 oy ichida 10 baravar bazaviy hisoblash miqdorida davlat boji to‘lovini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiradi. YaIDXP orqali murojaat etilganda davlat boji summasining 90 foizi undiriladi.

 Bolalar adabiyotlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlar litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

 Davlat boji quyidagi tarzda taqsimlanadi:

Davlat boji to‘lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasligi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi. Bunda litsenziya da'vogari litsenziyani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

 Lisenziya berishni “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan sabablar asosida rad etishlari mumkin. Lisenziya berishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.

Mavzuga oid