Jamiyat | 13:26 / 28.12.2019
9320
1 daqiqa o‘qiladi

XBA tomonidan Latviya va Litvaga yuborilgan hamda qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bo‘yicha vaziyat nazoratda - TIV

Foto: Getty Images

Xususiy bandlik agentliklari tomonidan Latviya va Litvaga yuborilgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining videomurojaati OAVda tarqaldi.

Shu munosabat bilan mamlakatning Latviyadagi elchixonasi mazkur vaziyat nazoratda ekanligini ma'lum qildi. 

Tashqi ishlar vazirligi axborotida aytilishicha, ayni paytda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda muammoning yechimi ustida ish olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlyandiya va Norvegiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Riga shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.

Mavzuga oid