Jamiyat | 09:40 / 30.12.2019
11690
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda haydovchining e'tiborsizligi bir kishining o‘limi bilan tugagan YTHga olib keldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2019 yil 28 dekabr kuni soat 15:40larda, Andijon viloyati Marhamat tumani hududidan o‘tuvchi 4R-138 “Shahrixon-Asaka-Marhamat-Qizilqiya” avtomobil yo‘lining 30-km.da YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan A.R. “Matiz” rusumli avtomobilini boshqarayotib, ogohlantirish chirog‘ini yoqmasdan orqaga qayrilganida, bir yo‘nalishda orqasidan kelayotgan haydovchi, Buloqboshi tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan Q.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobili “Matiz” rusumli avtomobilining yon qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada “Matiz” rusumli avtomobil yo‘lovchisi Andijon shahrida yashagan, 1969 yilda tug‘ilgan A.M. voqea joyida halok bo‘lgan va Marhamat tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan T.I. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid