Eng xavfsiz aviakompaniyalar reytingi e'lon qilindi
Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya deb topildi. Bu haqda mazkur reytingni tuzgan AirlineRatings.com portali xabar berdi.
Yangi Zelandiyaning Air New Zealand va Tayvanning EVA Air aviakompaniyalari keyigi o‘rinlarni band etdi.
Aviakompaniyalar bir nechta omillar, xususan, samolyotlarning ekspluatatsiya muddati, aviahalokatlar va jiddiy halokatlar soni, hukumat tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar, rentabelligi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholandi.
Eng xavfsiz aviatashuvchilar reytingining yuqori yigirmataligidan shuningdek, Etihad, Qatar Airways, Singapore Airlines, Emirates, Alaska Airlines, Cathay Pacific Airways, Virgin Australia, Hawaiian Airlines, Virgin Atlantic Airlines, TAP Portugal, SAS, Royal Jordanian, Swiss, Finnair, Lufthansa, Aer Lingus va KLM kabi aviakompaniyalar o‘rin oldi.
Bundan tashqari, portalda eng xavfsiz arzon aviatashuvchilar ro‘yxati ham berildi. Bu ro‘yxatga Air Arabia, Flybe, Frontier, HK Express, IndiGo, JetBlue, Volaris, Vueling, WestJet va Wizz aviakompaniyalari kiritildi.
Mavzuga oid
20:30 / 18.09.2024
O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi
18:35 / 12.09.2024
2024 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan avtomobillar o‘ntaligi ma’lum qilindi
23:05 / 26.08.2024
Avstraliya aviakompaniyasi xatolik tufayli 300 dan ortiq chiptani arzon narxda sotib yubordi
23:17 / 08.08.2024