Eron Amerikaning nechta bazasiga zarba bera olishi mumkinligi ma'lum qilindi
AQShning o‘ttiz oltita bazasi Eron zarbasi yetadigan masofada joylashgan, dedi Eron milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi boshlig‘i Mujtabo Zulnur.
"Agarda amerikaliklar mintaqadagi boshqa davlatlarda joylashgan kuchlarimizni nishonga oladigan bo‘lsa, amerikaliklarni nishonga olish biz uchun yanada oson bo‘ladi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mehr nashri.
3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti hududida AQSh aviazarbalari oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) tarkibidagi «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy halok bo‘ldi.
Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xominaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi va AQShdan buning uchun qasos olinajagini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:57
Eronda ko‘mir konida portlash ro‘y berdi. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
20:40 / 21.09.2024