Buxoroda mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi
2019 yil 2 yanvar kuni taxminan soat 18:10larda 26 yoshli F.N. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasini Buxoro viloyati Peshku tumani “Jongeldi” MFY hududidan o‘tgan 4R-61-sonli avtomobil yo‘li bo‘ylab, A-380-sonli xalqaro avtomobil yo‘li tomon boshqarib kelayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan haydovchi, 24 yoshli D.Q.ning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinaning orqa qismiga borib urishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada haydovchi F.N.ning boshqaruvidagi Cobalt avtomashina yo‘lovchilari. 49 yoshli G‘.O. va 43 yoshli D.J.(ayol)lar olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan.
Bundan tashqari, yo‘lovchi, 26 yoshli I.I. olgan tan jarohatlari bilan Gazli shaharchasi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:31 / 30.11.2024
Peshku tumani hokimi o‘zgardi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024