Tramp Eronga yangi qurol qo‘llash bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Tehron Amerika harbiy bazalariga hujum qiladigan bo‘lsa, Eronga qarshi yangi qurolni qo‘llash bilan tahdid qildi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
«AQSh yaqinda harbiy qurol uchun 2 trln dollar sarfladi... Agar Eron Amerika bazasiga yoki biror amerikalikka hujum qilsa, biz mutlaqo yangi, ajoyib qurolimizning bir qismini zudlik bilan u tomonga yo‘llaymiz.. Hech ikkilanmasdan», - deb yozdi AQSh prezidenti.
Avvalroq Tramp agar Tehron amerikaliklarga yoki AQSh obektlariga hujum qilsa, Erondagi 52ta obektga zarba berilishidan ogohlantirgandi.
AQSh prezidenti Eron 3 yanvarga o‘tar kechasi o‘ldirilgan «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy uchun o‘ch olish maqsadida AQShning qanchalik ko‘proq obektiga zarba berish masalasi muhokama qilayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024
Toshkent va Xorazmda O‘zbekiston-Eron biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
22:54 / 16.09.2024