Jamiyat | 14:32 / 07.01.2020
40647
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda operatsiya qilingan Reginaxon vafot etdi

Biroz vaqt avval saytimizda “Reginani qutqaraylik! Hindistonda ilinj bilan yotgan qiz ko‘magingizga muhtoj” sarlavhali aksiyani e'lon qilgan edik.

Unda shifokorlar 8 yoshli Regina Abduvohidovaga yurak kengayishining og‘ir shakli, tez avj olish varianti, dilyatatsion kardiomiopatiya tashxisini qo‘ygani, ahvoli og‘irligi va shifokorlar qizchani shoshilinch operatsiya qilish zarurligini aytishgani bildirilgandi.

Avval ham qizaloq hayurtlarimiz ko‘magi ostida 2018 yilda Hindistonda operatsiya qilingan edi.

Bemorning otasiga ko‘ra, Regina 2020 yil 4 yanvar kuni vafot etgan. 

Sayt tahririyati nomidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Mavzuga oid