Jamiyat | 12:04 / 10.01.2020
8273
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijda ish bilan ta'minlash evaziga fuqarolarning 51 500 dollarini qo‘lga kiritgan MChJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Foto: AFP

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Mahkama xabarida aytilishicha, unda “I.X.Bandlik Agentligi” MChJ mansabdor shaxslari bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldab Germaniya, Chexiya, Litva va boshqa davlatlarda shartnoma asosida ish bilan ta'minlash evaziga jami 51 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, ularni ish bilan ta'minlamasdan pul mablag‘larini o‘zlashtirib yuborganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan “I.X.Bandlik Agentligi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid