O‘zbekiston | 19:28 / 11.01.2020
167738
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki kishining o‘limi va ikki mashina yonishiga sabab bo‘lgan BMW haydovchisi topildi

2020 yil 9 yanvar kuni soat 23:17da Toshkent shahri Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida BMW hamda «Lasetti» rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz bergandi.

YTH oqibatida BMW rusumli avtoulovning motor va salon qismi hamda «Lasetti» rusumli avtoulovning salon qismida yong‘in sodir bo‘lgan va 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 2 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. IIBB BMW avtomobili haydovchisi YTH joyidan yashiringani haqida xabar bergandi.

Katta shov-shuv va muhokamalarga sabab bo‘lgan bu hodisa bo‘yicha asosiy gumondor shaxsi aniqlangan va  qo‘lga olingan. U mazkur avtomobil egasi K. M.ning o‘g‘li 30 yoshli Nurbek T. bo‘lgan. Hodisa yuz bergan paytda Nurbek mast holatda ekanligi narkologik ekspertiza xulosalariga ko‘ra tasdiqlangan. Hodisa natijasida BMW haydovchisi yengil tan jarohati olgani ham ma'lum bo‘ldi. Sud tomonidan gumondorga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasini belgilangan. Tergov harakatlari davom etmoqda-, deyiladi IIBB xabarida.

Mavzuga oid