Xitoyda noma'lum virus tarqalmoqda. O‘zbekiston TIV fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi
O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari 2020 yil 11 yanvar kuni Uxan shahrida koronavirusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro haqida xabar berdi.
TIV xabarida aytilishicha, Uxan shahri sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan ma'lumotga binoan bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.
Kasallik tarqatuvchisi «koronavirusning avval ma'lum bo‘lmagan tipi» hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi o‘rganib chiqildi.
Elchixona konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan.
Mavzuga oid
18:11 / 11.12.2024
Avstraliyadagi laboratoriyada o‘limga olib keluvchi viruslar solingan yuzlab flakonlar yo‘qoldi
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024