Jahon | 23:02 / 16.01.2020
16761
1 daqiqa o‘qiladi

Beshta davlat Erondan aviahalokat qurbonlariga tovon puli to‘lashni talab qildi

Foto: EPA/Vostock-photo

Eron Ukraina yo‘lovchi samolyotining Tehronda halokatga uchrashini batafsil tergov qilishi va halok bo‘lgan yaqinlariga tovon puli to‘lashi lozim. Bu haqda samolyotda fuqarolari bo‘lgan beshta davlatning qo‘shma bayonotida aytilgan.  

16 yanvarda Kanada, Ukraina, Shvetsiya, Afg‘oniston va Britaniya tashqi ishlar vazirlari Londonda Eron tomonidan aviahalokat tergovi olib borilishini muhokama qilgani yig‘ilishgan.

8 yanvarda Eron havo hujumidan mudofaa kuchlari Tehron aeroporti yaqinida “Ukraina xalqaro avialiniyalari” aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyotini urib tushirgan. Buning oqibatida Tehron-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyotdagi barcha 176 kishi, jumladan ekipajning 9 a'zosi halok bo‘lgan. Ular orasida Ukrainaning 11 nafar, Eronning 82 nafar, Kanadaning 63 nafar, Shvetsiyaning 10 nafar, Afg‘onistonning 4 nafar hamda Germaniya va Britaniyaning 3 nafardan fuqarosi bo‘lgan.

Mavzuga oid