O‘zbekiston | 10:49 / 16.01.2020
5066
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Koreya loyihasi doirasida O‘zbekistonga 850ga yaqin kompyuter sinflari yetkazib berildi

«Xalq ta'limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish» investitsiya loyihasi doirasida Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va Koreya Eksport-import bankining hamkorlik jamg‘armasi ishtirokida O‘zbekiston maktablariga 850 ga yaqin kompyuter sinflari yetkazib berildi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, loyiha prezidentning «Xalq ta'limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi «Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va Koreya Eksport-import banki hamkorligi» fondi ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 51,35 million dollarni tashkil etadi. Xususan, mamlakatning 2766 o‘rta maktablari uchun 2859 kompyuter sinflarini sotib olish maqsadida O‘zbekiston hukumati 18,35 million dollar, Koreya Respublikasi Eksimbanki 33 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratdi.

KT Corporation (Koreya Respublikasi) kompaniyasi tender natijalariga ko‘ra o‘quv kompyuter sinflarini yetkazib beruvchi deb belgilandi.

2019 yil yakunlariga ko‘ra, Koreya kompaniyasi O‘zbekistonga reja bo‘yicha 537 ta kompyuter sinflarini yetkazib berishi kerak edi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilda 850 tani tashkil etdi. 

Ayni vaqtda O‘zbekistonning turli hududlaridagi maktablarda kompyuterlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

2020 yil davomida KT Corporation kompaniyasi O‘zbekistonga o‘quv kompyuter sinflarining qolgan qismini yetkazib beradi.

Mavzuga oid